Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Kuz-qish mavsumida aholini energiya manbalari bilan uzluksiz taʼminlash muhim vazifalardan biridir. Shu maqsadda, Yangiqo'rg'on tumanida aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishga tayyorgarlik ishlari Bosh prokuratura boʻlimi prokurori A. Jurayev va Yangiqo'rg'on tuman prokurori O.Rahmanov tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh bilan hamkorlikda nazoratdan oʻtkazildi.
Tekshiruv jarayonida masʼul xodimlar gaz yetkazib berish tarmogʻi, uning xavfsizligi va samaradorligiga alohida eʼtibor qaratishdi. Aholini suyultirilgan gaz bilan toʻliq taʼminlash va tizimda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan uzilishlarning oldini olish maqsadida zarur chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Shuningdek, tizimdagi mavjud nuqsonlar va xavfsizlik talablariga nomuvofiq jihatlar ham aniqlandi.
Ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar berildi hamda masʼul tashkilotlar oldidagi vazifalar belgilab olindi. Maqsad — kuz-qish mavsumida aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishda uzilishlarga yoʻl qoʻymaslik hamda ularni qulay va xavfsiz sharoitda taʼminlashdir.
Bu kabi profilaktika tadbirlari aholining yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan boʻlib, uzoq muddatli samaraga erishishni koʻzlaydi.
Hududgaz Namangan gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati