Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Joriy yilning 20-avgust kuni Nukus shahrida oʻtkazilgan Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti vaqtida davlat rahbari sanoat korxonalarida elektr va gazga oʻrnatilgan limit oshib ketsa, toʻlov 2 karra koʻp undirilayotgani noroziliklarga sabab boʻlayotganini tanqid ostiga oldi.
Sanoatning oʻsishiga taʼsir qiladigan bunday cheklovlar qisqartirilishi, endilikda elektr va gaz isteʼmoli limitdan 20 foizgacha oshib ketsa ham bazaviy tarif saqlanib qolishi taʼkidlandi. Agar isteʼmol 20 foizdan oʻtib ketsa, oshgan qismiga toʻlov 20 foiz qimmatlashadi.
Shuningdek, “inkasso” boʻlganda ham, kommunal xizmatlarga toʻlovlar toʻxtatilmasligi maʼlum qilindi. Avvalroq byudjetdan, kreditdan va boshqalardan qarzi bor tadbirkorlarni hisob raqamiga “inkasso” qoʻyilgani uchun, ular elektr, gaz va suvga toʻlov qila olmas edi.