Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali kuz-qish mavsumini samarali tashkil etish maqsadida Davlatobod tumanidagi 1-markaziy qozonxona rahbarlari bilan hamkorlikda maxsus reja-grafik ishlab chiqdi. Ushbu reja aholiga uzluksiz va barqaror issiqlik yetkazib berishni taʼminlash bilan birga, energiya resurslarini tejashga qaratilgan.
Mazkur chora-tadbirlar nafaqat aholini qishki mavsumda uzluksiz issiqlik bilan taʼminlash, balki energiyadan oqilona foydalanishni ham kafolatlaydi. Shuningdek, bu reja issiqlik taʼminotining umumiy barqarorligini taʼminlashga yordam beradi.
“Hududgaz Namangan” filiali tomonidan ushbu tadbirlar muntazam ravishda nazorat qilinadi va aholiga yuqori sifatli xizmat koʻrsatishga alohida eʼtibor qaratiladi.
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati