Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Prezident Shavkat Mirziyoyev energiya tejamkorligini taʼminlash, muqobil quvvatlardan foydalanishni kengaytirish masalalari muhokamasi boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda belgilab bergan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Mazkur yoʻnalishda “Parkent tajribasi” asosida Xorazm viloyati Shovot tumanida tanlab olingan “Doʻstlik” MFYda avtomatlashtirilgan mahalla isteʼmol nazorat balansi shakllantirildi. Mahalla hududida maxsus shtab tashkil etilib, brigadalar va maxsus texnikalar jalb etildi. Brigadalar tomonidan gaz tarmoqlari tartibga keltirilib, gaz taʼminotini ikki bosqichli tizimga oʻtkazish ishlari amalga oshirildi.
“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi Xorazm viloyatiga tashrifi chogʻida “Doʻstlik” mahallasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Xuddi shu kabi jarayonlar tumanning “Ipakchi”, “Uzunkoʻl” va “Archazor” MFYlarida ham davom ettiriladi.