Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Avtomatlashtirilgan tizim orqali tabiiy gaz hisobini nazorat qilish sohadagi ko‘plab muammolarni bartaraf qilib, ovoragarchiliklarning oldini olmoqda. Debitor qarzdorlik sezilarli darajada kamayib, tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishilmoqda.
Tahlillarga e’tibor qaratamiz: 2021-yil aprel oyida aholi iste’molchilarining tabiiy gazdan debitor qarzdorligi 13 milliard 608 million so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning ushbu davrida qarzdorlik 40,3 foizga kamaygan, ya’ni 8 milliard 107 million so‘mdan iborat. Shuningdek, 2021 yil aprel oyida 19 million 227 ming metr kub gaz iste’mol qilingan bo‘lsa, joriy yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 13 million 590 ming metr kubni tashkil etdi. Raqamlar esa tabiiy gaz o‘tgan yilga nisbatan 20,3 foizga iqtisod qilinganligini ko‘rsatmoqda.
Viloyatda "aqlli" hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari davom etmoqda. Ayni vaqtda 113 426 ta hisobdon o‘rnatib bo‘lindi. Shundan:
Karmana tumanida 31 704 dona;
Qiziltepa tumanida 20 144 dona;
Xatirchi tumanida 13 260 dona;
Navoiy shahrida 18 635 dona;
Nurota tumanida 7 548 dona;
Navbahor tumanida 10 675 dona;
Konimex tumanida 4 526 dona;
Zarafshon shahrida 5 446 dona;
Uchquduq tumanida 458 dona;
G‘ozg‘on shahrida 1030 dona
Hisoblagich tabiiy gaz hisobini masofadan turib nazorat qilish imkonini yaratmoqda.
Iste’molchilarga tabiiy gazga to‘lovlarni amalga oshirish uchun issiq havoda, ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflab gaz ta’minoti tashkilotlariga borib o‘tirishlariga hojat yo‘qligi, buni masofadan turib mobil ilovalar orqali amalga oshirish mumkinligini eslatib o‘tamiz.
"Hududgaz Navoiy" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati