Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Ma’lumki, har bir mamlakat iqtisodiyotining kuchayishida mazkur yurtda tadbikorlarga yaratilgan imkoniyat va shart sharoitlar muham ahamiyat kasb etadi. Bu borada tadbirkorlik va ishlab chiqarishga har bir sohaning yordam berishi esa, yangi loyihalarning tezroq ishga tutishiga amaliy ko‘mak bo‘ladi. O‘tgan yil yakuni o‘laroq, Oltinko‘l tumanida mebelsozlikni rivojlantirish harakatlari doirasida ishlab chiqilgan yangi loyihaning taqdimoti bo‘lib o‘tgan va yana bir yirik loyihaga asos solingan edi. Loyiha qiymati 50 milliard so‘mni tashkil etayotgan va Oltinko‘l tumanidagi 16 gektar yer maydonida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. mazkur loyiha viloyatimizdagi barcha mebelsozlik yo‘nalishlarini qamragan holda Andijondagi mebel mahsulotlarining yagona yirik bozorini o‘z ichiga oladi.
Bugun mana shu loyihani amalga oshirishda “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali mutaxassislari ham o‘z yo‘nalishlaridan kelib chiqib bir qator ishlarni amalga oshirmoqdalar. Xususan, tumanning “Uyg‘ur” mahalla fuqarolar yig‘ini o‘ramida joylashgan 700 pogonametrlik diametri D-159mm bo‘lgan gaz quvuri qayta rekonstruksiya qilinib, yer ostiga olinmoqda.
“...Gaz quvurlarimizni yer ostiga olishda avval belgilangan tartibdagi ishlar amalga oshirilmoqda, - deydi Filial qurilish-montaj boshqarmasi boshlig‘i Dilshodbek Isaqov. – Gaz quvuri izolyatsiya qilinmoqda, normadagi chuqurlar kovlandi va tez orada mazkur quvur yer ostiga olinadi va ishlar yakuniga yetkaziladi...”
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minot filialining qurilish-montaj boshqarmasi mutaxassislari tomonidan jadallik bilan amalga oshirilayotgan mazkur ishlar viloyatdagi yana bir yirik loyiha bunyod bo‘lishida amaliy ko‘mak bo‘ladi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati