Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Darhaqiqat, barchamiz uchun aziz va mo‘tabar bo‘lgan ayol zoti haqida so‘z yuritar ekanmiz, avvalambor, bizni dunyoga keltirgan, oq sut berib voyaga yetkazgan Ona siymosi oldida bosh egib ta’zim qilamiz.
Joriy yilning 7 mart kuni "Hududgaz Sirdaryo" gaz ta’minoti filiali majlislar zalida 8 mart xalqaro Xotin-qizlar bayrami kuniga bag‘ishlab, tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda filial Boshlang‘ich Kasaba uyushmasi raisi, xodimlar va sohada xizmat qiluvchi dilbar ayol, qizlar ishtirok etdi.
Tadbirda, filial direktori Jahongir Xidirovning 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan soha malikalariga atalgan tabrigi yetkazildi. Shuningdek, filial Boshlang‘ich Kasaba uyushmasi raisi gaz ta'minotida mehnat qilib kelayotgan 51 nafar xotin-qizlar faoliyatini ulug‘ladi va bayram bilan tabrikladi. Shundan so‘ng, tizimda faoliyat yuritayotgan bir nechta xotin-qizlarga sana munosabati bilan qimmatbaho esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.