Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Gulistontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan, suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha jami 11923 ta iste’molchilar mavjud bo‘lib, shundan 11910 ta aholi va 13 ta ulgurji (maktabgacha ta’lim tashkilotlari) iste’molchilarni tashkil qiladi.
Bugungi kunda tuman aholisiga suyultirilgan gaz ta’minoti yanvar, fevral oylari uchun rejasi 363 tonna bo‘lib, iste’molchilarga suyultirilgan gaz yetkazib berish rejasini 97 % ga bajarildi, ya’ni iste’molchilarga 350 tonna suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi.
Iste’molchilarning suyultirilgan gaz ballonlardan foydalanishga sharoit yaratish maqsadida, shartnoma asosida 19422 ta 50 litr sig‘imli maishiy gaz ballonlari vaqtinchalik foydalanish uchun berilgan. Gaz ballonlarining ishchi holati doimiy nazorat qilib borilmoqda.
Maishiy gaz ballonlarini keltirish va tarqatish uchun 3 ta 110 dona gaz ballonlarini yuklashga mo‘ljallangan ISUZU rusumli maxsus avtoulovlaridan foydalanilmoqda.
Suyultirilgan gaz bo‘limida 1 nafar mutaxassis va 6 nafar xodimlar iste’molchilarga belgilangan me’yorlarda tasdiqlangan rejaga asosan maishiy gaz ballonlarini yetkazib bermoqda. Shu bilan birga iste’molchilarga gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot ishlarini ham olib bormoqda.
Bo‘limda gaz iste’molchilaridan va iste’molchi bo‘lish istagini bildirgan fuqarolardan kelayotgan murojaatlar bilan ishlash yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2025 yil boshidan bo‘limga suyultirilgan gaz hamda gaz ballon masalasi yuzasidan 9 ta murojaat kelib tushgan, shundan 8 tasi qanoatlantirilgan, 1 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Iste’molchilarga suyultirilgan gaz bilan ta’minlash borasidagi ishlar “Gulistontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan izchil davom ettirilmoqda.