Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Yangiyer shahrida jami iste’molchilar soni 11517 tani tashkil etadi. Shundan hovli uylarda yashovchi iste’molchilarning soni 6384 ta, ko‘p qavvatli uylarda yashovchi iste’molchilar soni 4864 tani hamda ulgurji iste’molchilar soni 269 tani tashkil etadi.
"Yangiyershahargaz" GTB xodimlari tomonidan 2025-yil mavsum boshidan 7.6 km yer osti gaz quvuri maxsus pribor yordamida nazorat qilish ishlari olib borildi, shahardagi 1.5 km har xil diametrdagi gaz quvurlari tartibga olinib, talabga mos rangda bo‘yoqlandi.
Undan tashqari ikki bosqichli tizimga o‘tgan mahallalardan demontaj qilingan 420 p/metr gaz quvurlarini boshqa mahallaga montaj qilish orqali jami 1.5 km yer osti gaz quvuri harakatsiz holatga keltirildi. “T.Malik” MFY dagi Diametri 159 mmli bo‘lgan yer osti gaz quvuri yer ustiga qazib olinib montaj qilindi.
Joriy yil boshidan bo‘limga jami 31 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 16 tasi O‘zbekiston Respublika Prezidenti ishonch telefoni va Xalq qabulxonasi orqali, 14 tasi Energetika vazirligi tizimlari, 1 tasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi ishonch telefoni orqali kelib tushgan. Shulardan 20 ta murojaat ijobiy hal etilgan. 10 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berilgan. 1 ta murojaat anonim bo‘lganligi sababli ko‘rmasdan qoldirilgan.
Shu bilan birga, jismoniy va yuridik shaxslardan shu kunga qadar jami 10 ta murojaat kelib tushgan, shundan 9 tasi ijobiy hal etilgan va 1 tasi ijro jarayonida bo‘lib turibdi.