Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugungi kunda gaz ta’minoti sohasida ishlar qizg‘in davom etmoqda. Shu qatorda "Gulistontumangaz" gaz ta’minoti bo‘limida ham. Aholiga o‘z vaqtida sifatli xizmat ko‘rsatish, ularning birgina "raxmat" degan so‘zlarini eshitish xodimlarning kuchiga-kuch, g'ayratiga esa g‘ayrat qo‘shadi.
Shu qatorda suyultirilgan maishiy gaz ballonlarni tarqatuvchi "chilangar" xodimlarning ishi ancha mashaqqatli ekanini aytmoqchimiz. Chunki ular issiq va sovuq, yomg‘irli kunlarda ham iste’molchilarga o‘z vaqtida suyultirilgan maishiy gaz ballonlarni yetkazib berishadi.
-Bir kuni gaz olish uchun ancha navbatda qolib kettik, mahallaga kirgunimizcha soat kechki 21:30 lar bo'ldi. O‘sha kuni odamlar "Sizlarni kutmagandik, ertaga keladi deb o‘ylagandik. Ishingizga bo‘lgan mas’uliyatni his qilib, kech bo‘lsa ham yetkazib keldilaringiz, raxmat" deganlari butun charchog‘imizni chiqarib yuborgan, - deydi - ta’minotchi chilangar, Habibullo Tadjiyev.
Tumanning "Ahillik" mahallasiga maishiy gaz ballonlar tarqatish jarayonida iste’molchilarning fikrini ham o‘rgandik. Ular gaz ta’minoti xodimlar ishidan mamnun. Hech bir e’tirozlar eshitmadik.
- 12 yildan buyon shu sohada ishlayman, xalqqa xizmat qilaman. Kasbim haydovchi. Har bir mahalladagi iste’molchilarni taniyman. Xudoga shukrki, hali ishimizdan norozi bo‘lgan fuqaroni ko‘rmadim, eshitmadim. Qaysi mahallaga gaz tarqatgani bormaylik, kulib kutvoladi, raxmat deb kuzatadi. Mana shuda, xalqqa xizmat qilib, ularni rozi qilish, deydi, - haydovchi Valijon Abduraxmanov.
Ha, bugun bir mahallaga gaz tarqatilgan bo‘lsa, biridan bo‘sh gaz ballonlar olindi. Ertadan esa yana boshqa mahallalarga gaz ballonlar tarqatiladi. Shu zayl kunlar o‘tadi. Eng muhimi, tuman iste’molchilari gaz ta’minoti xodimlaridan rozi.