Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugungi kunda “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi M. Xodjayev tomonidan ish faoliyatini toʻgʻri yoʻlga qoʻygan va samarali mehnat qilayotgan xodimlar munosib eʼtirof etilmoqda.
Xususan, “Sirdaryotumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi boshligʻi Gʻ. Qurbonov 2025-yilning birinchi choragida amalga oshirgan samarali ishlari va qayd etgan namunali natijalari uchun ragʻbatlantirildi.
Uning ishga sidqidildan yondashuvi va boʻlim faoliyatidagi yuqori koʻrsatkichlari yuksak baholandi.
Ish jarayonidagi bu yutuqlari munosabati bilan Gʻ. Qurbonovga “Sevarsoy” sanatoriysiga bepul oilaviy yoʻllanma taqdim etildi.
Shu munosabat bilan bugun “Hududgaz Sirdaryo” GTF rahbariyati va Boshlang‘ich Kasaba uyushmasi raisi G‘ayratjon Qurbonov xonadonida bo‘ldi va yo‘llanmani topshirdi.
Kamtarona mehnatimizni shunchalik eʻtiborga olib eʻtirof etgan Boshqaruv raisimizga oʻzim va oilam nomidan minnatdorligimni bildiraman. Bu birgina mening yutugʻim emas bu butun jamoaniki. Bildirilgan ishonchni oqlab, yanayam shijoat bilan ishlashga vaʻda beraman, deydi Gʻayratjon Qurbonov.
“Hududgaztaʼminot” AJ rahbariyati oʻz mehnati va intilishi bilan namunali natijalar qoʻlga kiritayotgan xodimlarni ragʻbatlantirish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashni ustuvor maqsad sifatida belgilagan.