Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Nosoz, nostandart, qo‘lbola gaz jihozlaridan foydalanish xavfli. Boisi, ularni qo‘llash baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, havo sovub, gaz iste’moliga bo‘lgan talab oshganda, bu xavf yanada ortadi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialining servis xizmatini rivojlantirish bo‘limi xodimlari belgilangan muddatlarda aholi va ulgurji iste’molchilarning gaz jihozlari foydalanishga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini nazorat qilishmoqda.
Joriy yilning o‘tgan 4 oyi mobaynida bo‘lim tomonidan viloyatdagi ko‘p qavatli uylarning 9 052 ta xonadonida, shuningdek, 32 224 ta hovli xonadonlarida mavjud bo‘lgan gaz jihozlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishdi.
Yaqinda “Qiziriqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limiga tumanning Navruz nomli ko‘chasida istiqomat qiluvchi iste’molchidan bir haftadan buyon xonadonidagi gaz plitasi yaxshi yonmayotgani bo‘yicha murojaat kelib tushdi. Xonadondagi gaz jihozi borib o‘rganilganda, gaz plitaning purkagichlari bitib qolgani, iste’molchi vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazilishiga rozilik bildirmagani ma’lum bo‘ldi. Gaz plitasi tozalangach, gaz bir me’yorda yona boshladi. ”, - deydi filial yetakchi muhandisi Jovli Norboyevich
Bundan tashqari, bo‘lim xodimlari tomonidan viloyatimizdagi 2438 ta ulgurji iste’molchining 735 ta gaz jihozi ham proflaktik hamda texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, xavfsizligi ta’minlandi.
Gaz jihozlarini proflaktik hamda texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun gaz ta’minoti korxonasi bilan shartnoma qilishdan bosh tortgan iste’molchilarga Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qarorida keltirilgan iste’molchilarning huquq va majburiyatlari haqida ma’lumotlar tushuntirib o‘tilmoqda.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati