Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Isteʼmolchilarga maishiy gaz ballonlarni manzilli yetkazib berishda shaffoflikni taʼminlash hamda korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida yangi Face ID tizimi ishga tushirildi. Mazkur tizim orqali suyultirilgan gaz isteʼmolchilarining maʼlumotlari bazasi shakllantirilmoqda.
Bugungi kunda Andijon viloyatida 490 ming 622 ta suyultirilgan gaz isteʼmolchilari mavjud boʻlib, ular maishiy hayotlarida 625 mingdan ortiq gaz ballonlarini ishlatishadi. Har bir isteʼmolchi onlayn tizim haqida allaqachon maʼlumotga ega boʻlgan, suyultirilgan gaz olishda maxsus ID kartalardan foydalanib kelishadi. Gaz yetkazib beruvchi maxsus avtotransport vositasida esa nazorat tarozisi odamlar xizmatiga doimo shay. Agar isteʼmolchi murojaat qilsa, oʻsha shaxsga darrov gaz balloni taroziga qoʻyib, nazoratdan oʻtkazilib beriladi.
“Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali direktorining suyultirilgan gaz boʻyicha oʻrinbosari Sardorbek Nurmatov “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisi M.Xodjayev hamda Filial direktori D.Ahmedov topshirigʻiga asosan Xonobod va Qorasuv shaharlarida boʻlib, yangi tizimning ishlash jarayonlari bilan tanishdi. Xonobod shahrining “Kampirrovvot” MFYda gaz yetkazib berish tartibga tushgan, isteʼmolchilar oʻz xonadonlari oldida ballonlari bilan kutib turishadi. Shuningdek, har bir xonadon ID kartalardan toʻla foydalanishadi.
“‘Hududgaztaʼminot’ AJ tomonidan suyultirilgan gaz yetkazib berishdagi yangi tajriba amaliyotga tatbiq etilmoqda, — deydi “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali direktorining suyultirilgan gaz masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sardorbek Nurmatov. – Bunda har bir chilangar maxsus planshetlardan foydalanadi. Mazkur planshetlarda “E-gaz” dasturi integratsiya qilinib, isteʼmolchining qachon suyultirilgan gaz olganligi haqidagi maʼlumotlar SMS xabarnoma orqali isteʼmolchiga va Jamiyatning maxsus bazasiga maʼlumot uzatib boradi”.
Xulosa qilib aytgan mazkur yangi tajriba aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishni tezlashtiradi va ularga xizmat koʻrsatish sifatini yanada yaxshilashga hissa qoʻshadi
“Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati