Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Dastlab, Andijon shahri “Sholdirama” MFY hududidagi koʻp qavatli uylarda suyultirilgan gaz va havo aralashmasi orqali yoqilgʻi bilan taʼminlovchi Yaponiya texnologiyasini joriy etish boʻyicha olib borilayotgan jarayonlar oʻrganildi. Mazkur tizim avvalroq Toshkent viloyati Angren shahrida tajriba asosida muvaffaqiyatli yoʻlga qoʻyilgandi.
So‘ngra, Asaka tumanida tashkil etilgan vodiy viloyatlarida faoliyat koʻrsatuvchi gaz sohasi xodimlarining tabiiy va suyultirilgan gaz yoʻnalishlarida malaka oshirishiga moʻljallangan oʻquv-amaliyot markazi bilan tanishildi. Xodimlar bu yerda tabiiy va suyultirilgan gazning ishlab chiqarishdan isteʼmolchilarga yetkazib berishgacha boʻlgan barcha texnologik bosqichlari haqida nazariy va amaliy bilimlarga ega boʻladi.
O‘rganish davomida Asaka tumanida maishiy gaz ballonlar og‘ir qoldig‘ini to‘kib olish va sinovdan o‘tkazishga mo‘ljallangan markaz faoliyati bilan ham tanishildi. Xususiy tadbirkor bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur maishiy gaz ballonlarni sinovdan o‘tkazishga mo‘ljallangan markaz bugun faoliyatini markaz kun davomida 300-400 dona ballonga texnik xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, tumandagi “Asaka” gaz toʻldirish shoxobchasida suyultirilgan gaz tashuvchi maxsus avtotransport vositalari uchun qurilayotgan avtopark qurilishi bilan tanishildi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati