Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Marhamat tumanining “Uzumzor” mahalla fuqarolar yigʻinida 395 nafar suyultirilgan gaz isteʼmolchilari istiqomat qiladi. “Marhamattumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan ushbu MFYda ham “mahallabay” tizimida ish tashkil etilgan boʻlib, har oyning belgilangan sanasida suyultirilgan gaz yetkazib beriladi. Mahalla ahlining 410 dona maishiy gaz ballonlari mavjud boʻlib, shu kunga qadar, 36 tonnadan ortiq suyultirilgan gaz yetkazib berildi va taʼminot 110 foizga bajarildi.
“Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali direktorining suyultirilgan gaz masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sardorbek Nurmatov mazkur mahallada boʻlib, isteʼmolchilar bilan suhbatlashdi. Ularga suyultirilgan gaz yetkazib berishdagi masalalar, gazdan xavfsiz va oqilona foydalanish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.
“Mahallamizga suyultirilgan gaz oʻz vaqtida yetkazib keltirilmoqda, — deydi isteʼmolchi Tursunoy Xafizova. Biz suyultirilgan maishiy gaz balloni uchun maxsus yashik yasatib, uni oshxonadan tashqariga qoʻyganmiz. Koʻcha tarafda turadi qutimiz. Bu xavfsizlik jihatdan juda qulay, quyosh nuri toʻgʻridan-toʻgʻri tushishini asraydi, shuningdek, yosh bolalarni tegishini oldini oladi”.
Darhaqiqat, “Marhamattumangaz” gaz taʼminoti boʻlimining suyultirilgan gaz yetkazib berish boʻlimi texnik xodimlari va chilangarlari isteʼmolchilarga gaz xoʻjaligidan toʻgʻri foydalanish qoidalarini tushuntirib bermoqdalar. Har bir isteʼmolchi bilan uy sharoitidan kelib chiqib suhbatlashilmoqda. Oshxona, gaz plitasi va maishiy gaz ballonlar oraliq masofasi, reduktor va boshqa ehtiyot qismlaridan toʻgʻri foydalanish kabilar uqtirilmoqda.
Bugun marhamatlik isteʼmolchilar suyultirilgan gaz bilan taʼminlanish bilan birga, undan toʻgʻri va oqilona foydalanish boʻyicha tavsiyalar olmoqdalar. Bu esa, faqat va faqat ularning xavfsizligiga xizmat qilishiga shubhamiz yoʻq.
“Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati