Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Joriy yilning noyabr oyida oʻtgan “Energetika xavfsizligi oyligi”da “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi Ma’rufxon Xodjayev topshirig‘i bilan respublika bo‘ylab maxsus ishchi guruhlar tuzilib, energiya resurslaridan oqilona foydalanish va noqonuniy holatlarni aniqlashga qaratilgan tadbirlar oʻtkazildi.
1–30-noyabr kunlari Jamiyatning masʼul xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 3 mingga yaqin tadbirlar oʻtkazilib, 2,9 mingta tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Mazkur holatlar boʻyicha jami 97,1 milliard soʻmlik 42,4 million kub metr tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan.
Shu bilan birga oylik doirasida suyultirilgan gaz taʼminotida 1,5 ming dona maishiy gaz ballonlari noqonuniy saqlanayotgani aniqlangan 23 ta “bunker” faoliyatiga chek qoʻyildi. Buning natijasida aholi isteʼmolchilariga yoʻnaltirilishi lozim boʻlgan 20,3 tonna suyultirilgan gaz hajmlari talon-tarojining oldi olindi.
Aniqlangan noqonuniy holatlar va qoidabuzarliklar hamda ularga aloqador shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligini taʼminlash maqsadida, barcha materiallar huquqiy baho berilishi uchun huquq-tartibot organlariga yuborilgan.