Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugun Xo‘jaobod tumanidagi 20 515 nafar tabiiy gaz iste’molchilariga 46 ta yuqori va o‘rta bosimli gaz tarqatish punktlari orqali tabiiy gaz yetkazib beriladi. Har yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida ta’mirlash va texnik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari belgilangan reja asosida olib boriladi.
Joriy mavsumda tumandagi “Bahrin” va “Andijon” mahallalariga tortilgan tarmoqni to‘la yangilash ko‘zda tutilgan. Mavjud 1.4 km lik tarmoqning 0.6 km qismi mukammal ta’mirlansa, 0.8 km qismi rekostruksiya qilinadi.
“...Har bir qurilmaning xizmati unga qilinadigan e’tiborga bog‘liq, - deydi “Xo‘jaobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limining muhandisi Lochinbek Yusupov. – Shuning uchun har yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikda har bir gaz tarqatish qurilmasining texnik ko‘rigi shoshilmasdan, puxta va sifatli amalga oshiriladi. Joriy yilda 2 ta GTPni mukammal ta’mirlash rejalalashtirilgan edi va ular to‘la ta’mirlandi. Shuningdek, shu kunga qadar 38 dona GTP to‘la texnik ko‘rikdan o‘tkazildi va mavsumga shay holatga keltirildi... ”
Joriy yilgi mavsumga tayyogarlik jarayonida 6.2 km gaz quvurlarini bosim ostida sinash va havo yordamida tozalash rejalashtirilgan bo‘lib, amalda bu ishlar 189 foizga bajarildi va 11.7 km uzuklikdagi quvurlar sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, 65 km uzunlikdagi yer osti quvurlarini esa maxsus asbob yordamida holatini tekshirish mo‘ljallangan bo‘lib, amalda 67 km quvurlar holati tekshirildi va mavsum oldi ko‘rigidan o‘tkazildi. Rejadagi 16.9 km quvur bo‘yoqlanib, estetik jihatdan tartibga keltirildi. Natijaga ko‘ra esa, 5 ta mahalla fuqarolar yig‘ini o‘ramidagi 1000 dan ortiq iste’molchi xonadonida gaz ta’minoti yanada yaxshilandi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati