Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Gaz taʼminoti tizimini kuz-qish tizimiga puxta tayyorlash, aholi, ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz energiya resurslari bilan taʼminlash “Hududgaztaʼminot” AJ oldidagi ustuvor vazifa hisoblanadi.
Mazkur yoʻnalishdagi ishlar bilan tanishish maqsadida “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi Maʼrufxon Xodjayev 5-noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida boʻldi.
Tashrif chogʻida jamiyat rahbari xodimlar bilan suhbatda kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish, murojaatlarni tezkorlik bilan oʻrganish va ularni bartaraf etish, tejamkor gaz uskunalari targʻibotini kuchaytirish masalalari boʻyicha tegishli topshiriq va vazifalarni belgilab berdi. Gazdan toʻgʻri va samarali foydalanish, is gazi tufayli sodir boʻlishi mumkin boʻlgan holatlarni oldini olishga eʼtibor qaratish muhimligi va noyabr oyi bejizga “Energetika xavfsizligi oyligi” deb eʼlon qilinmagani alohida qayd etildi.
Bugungi kunda barcha energetika tarmoqlari singari gaz taʼminoti tizimi mutaxassislari ham 24/7 ish rejimida faoliyat olib bormoqda. Favqulodda holatlarni oldini olish va yuzaga kelishini mumkin boʻlgan texnik avariyalarni tezkorlik bilan bartaraf etish uchun brigadalar soni koʻpaytirilib, ular maxsus avtotransport va himoya vositalari bilan taʼminlangan. Shuningdek, turli diametrli gaz quvurlari, butlovchi qismlar va zaruriy materiallar zaxiralari yaratilgan.