Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Unda favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Asaka tuman bo‘limi va hamkor tashkilotlar bilan birga sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni o‘z vaqtida bartaraf etish, binodagi ishchilar va fuqarolarni evakuatsiya qilish, hududdagi yong‘inga qarshi suv ta’minotini o‘rganish, shaxsiy tarkibning jangovar tayyorgarligi va kasb mahorati sinovdan o‘tkazildi.
Dastlab o‘quv mashg‘ulotiga yig‘ilganlar uchun favqulodda holatlarda bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan ko‘nikma va tavsiyalar berildi. So‘ngra maishiy gaz ballonlariga gaz quyish jarayonida zaharlanish holati yuz berganda ishchi-xodimlarning hatti-harakatlari ko‘rikdan o‘tkazildi. Bunda birinchi yordamni ko‘rsatish va tez yordamni chaqiruvi yuzasidan holatlar bo‘yicha xodimlarning harakatlari kuzatildi.
Shuningdek, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va favqulodda vaziyatlar boshqamasi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan belgilangan tartib asosida harakat qilib, vagon-sisternada yuzaga kelgan shartli yong‘in o‘chirildi. Mashg‘ulot yakunida bajarilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan xatolar muhokama qilindi. Unda ishchilarga yong‘inlarning oldini olish, yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanish, odamlarning hayoti va sog‘lig‘i uchun zarur bo‘lgan boshqa tavsiyalar berildi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati