Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Kuz-qish mavsumida aholi hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash “Hududgaztaʼminot” AJning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Jamiyat boshqaruv raisi M. Xodjayev Fargʻona viloyatida boʻlib, mazkur yoʻnalishda olib borilgan ishlarni shaxsan koʻzdan kechirdi.
Dastlab, Fargʻona shahridagi bir qator ijtimoiy soha obyektlari, xususan, maktabgacha taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablarida isitish tizimining mavsumga shaylik holati koʻrib chiqildi.
Shuningdek, shaharning “Shodiyona” MFYda joylashgan koʻp qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga hozirligi oʻrganildi. Tashrif davomida isteʼmolchilar fikr-mulohazalari tinglanib, mavjud kamchiliklar joyida bartaraf etildi.
Shu bilan birga “Hududgaztaʼminot” AJ rahbari Margʻilon shahridagi koʻmir omborida boʻlib, isitish mavsumida aholini muqobil yoqilgʻi bilan taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrif yakunida masʼul mutasaddilar va mahalliy gaz taʼminoti xodimlariga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish hamda isitish mavsumida uzluksiz taʼminotni taʼminlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.