Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ binosida suyultirilgan gaz taʼminotida avtomatlashtirish jarayonlari, “E-Gaz” platformasini raqamlashtirish jarayonlari, gaz ballon shuningdek, sohaga joriy etilayotgan yangi texnologiyalar va tizimni avtomatlashtirish jarayonlari yuzasidan taqdimot oʻtkazildi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari B. Mamatkarimov, “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi M. Xodjayev, Oʻzenergoinspeksiya, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi hamda boshqa hamkor tashkilotlar rahbar va mutasaddilari ishtirok etdi.
Taqdimot davomida suyultirilgan gaz isteʼmolchilari roʻyxatini elektron tarzda yuritish, ID-kartadagi NFC funksiyasi va Face ID orqali shaxsni aniqlash, avtotransport harakatini onlayn kuzatish imkoniyatlari joriy etilgani qayd etildi.
Shu bilan birga, tabiiy gaz taʼminoti boʻyicha gaz quvurlaridagi rekonstruksiya ishlari, yoʻqotishlarni oldini olish va mahalla gazchilarining ish jarayonlarini raqamlashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan jarayonlar boʻyicha maʼlumot berildi.