Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarning ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3151-sonli qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash, shuningdek, gaz taʼminoti tizimiga oliy maʼlumotli raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash maqsadida “Hududgaztaʼminot” AJ hamda I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) oʻrtasida “Dual taʼlim” shaklidagi amaliy oʻquv jarayonlari tashkil etilgan.
2025-2026 oʻquv yilida “Tarmoq – korxona – oliygoh” zanjiri asosida TDTU “Neft-gaz sanoati mashina va jihozlari va quvur transport tizimlari” kafedrasining “HGT Training Centre” oʻquv markazi filialida “Hududgaztaʼminot” AJning malakali muhandislari tomonidan ishlab chiqarish jarayonlari toʻgʻrisida talabalarga bilim berilmoqda.
Bunday taʼlim shaklida talabalar nazariy bilimlarini ishlab chiqarish jarayonlari bilan hamohang olib borishlari, amaliyotda qoʻllashlari, talabalik davridanoq gaz taʼminoti tizimi boʻyicha tajriba orttirishlari, shuningdek, oliy taʼlim muassasasini tamomlab sohada mustaqil mutaxassis sifatida faoliyatini boshlashlariga zamin yaratadi.
Qolaversa, ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli talabalar oʻzlarining ilmiy ishlanmalarini “Dual taʼlim” shaklidagi oʻquv amaliy jarayonlarida tajriba sifatida qoʻllashlari, monitoringlar olib borishlariga imkon beradi.
Maʼlumot oʻrnida, Toshkent davlat texnika universitetining 2023-2024 oʻquv yillarining jami 76 nafar bitiruvchi, 2024-2025 oʻquv yillaring jami 42 nafar bitiruvchi talabalari “Dual taʼlim” shaklidagi amaliy oʻquv jarayonlarini muvaffaqiyatli tamomlab, yashash joylari boʻyicha ish bilan taʼminlandi.