Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgazta’minot” AJ va Toshkent davlat texnika universiteti o‘rtasidagi dual ta’lim dasturi doirasida talabalar uchun Bo‘ka tumaniga amaliy o‘quv safari tashkil etildi.
Safar davomida talabalar tuman hududida joylashgan suyultirilgan gaz to‘ldirish shoxobchasining ishlash jarayoni bilan batafsil tanishdilar. Ushbu shoxobcha aholiga maishiy gaz ballonlarini yetkazib berishda asosiy bo‘g‘in hisoblanadi.
Bu yerga iste’molchilardan bo‘shab kelgan ballonlar avvalo og‘ir qoldiqdan tozalanadi. Shundan so‘ng ballonlar taroziga qo‘yilib, belgilangan standart kilogrammda suyultirilgan gaz bilan to‘ldiriladi. To‘ldirish jarayoni yakunlangach, ballonlar reja-jadval asosida mahallalarga yetkazib berish uchun tayyorlanadi.
Barcha ishlar qat’iy xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi. Mutaxassislar talabalarga jarayonning har bir bosqichini amaliy tarzda ko‘rsatib berib, gaz ta’minoti tizimidagi ushbu shoxobchaning ahamiyatini tushuntirdilar.
Amaliy mashg‘ulotlar talabalarga nazariy bilimlarni real ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘lash, sohaga oid ko‘nikmalarni mustahkamlash va amaliy tajriba orttirish imkonini berdi.