Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Asaka xalqi azal-azaldan mehnatkash, yer qadrini biladigan xalq. Bog‘dorchilikka usta. Qo‘ng‘irot uzumlarining dovrug‘i chеt ellarda ham mashhur. “Saidobod” mahalla fuqarolar yig‘ini esa deqhonchilik va bog‘dorchilikda o‘ziga xos maktab va tajriba yaratgan aholi maskanlaridan. Kuni kecha esa mazkur mahallaga Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tashrif buyurib mahalla ahli bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida mahalla ahlining taklif va murojaatlarini tingladi. Shu kunning o‘zida mahallada bunyodkorlik, obodonlashtirish, hudud infrastrukturasini yangilash hamda aholini bugunidan rozi qilish, ularni kambag‘allikdan chiqarish ishlari boshlab yuborildi.
Bugun mazkur MFYda 1541 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilari istiqomat qiladi. Ularga “Asakatumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan xizmat ko‘rsatilib, shu kunga qadar mahalla ahliga 43 tonnadan ziyod gaz yetkazib berilgan.
“... Mahallaga 1 martdan boshlab gaz yetkazib berishni boshlagandik, - deydi tuman gaz ta’minoti korxonasining aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish xizmati boshlig‘i Sardorbek Nurmatov. – Hozirda “SAydobod” ko‘chalariga gaz yetkazib berilmoqda. Bunda har bir iste’molchining pasport ma’lumotlarini dasturga kiritib, yangi Face ID tizimi asosida xizmat ko‘rsatmoqdamiz...”
Bugungi kunda har bir sohada raqamlashtirish islohotlari olib borilmoqda. Gaz yetkazib berishda ham yangi tizimni ttbiq etilayotganligi yurtimizning chekka hududlariga ham islohotlarni yetib borayotganligining va odamlarning mazkur qulayliklardan foydalanib yashashligi esa islohotlar inson uchun xizmat qilayotganliging yaqqol dalilidir.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati