Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Andijon shahridagi “Bo‘ston” va “Andijon” mahalla fuqarolar yig‘ini o‘ramidagi tabiiy gaz iste’molchilariga “Andijonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi mahalla gazsi Muhamadbobur Abdullaev xizmat ko‘rsatadi. 2 521 nafar iste’molchiga ega bu hududlardagi debitor qarzdorlikni undirish, gaz hisoblash uskunlariga xizmat ko‘rsatish va iste’molchilarning muammolarini hal etish mahalla gazchisi asosiy faoliyat turi hisoblanadi.
“...Odamlarimiz har xil xarakterga ega iste’molchilar. Ularga qo‘pol muomalada bo‘lsangiz ishingiz yurmaydi. Shuning uchun har bir iste’molchi kayfiyati va fe’liga qarab gaplashamiz. Lekin hammasini ko‘nglini olib, muammosini yechish asosiy vazifamiz..., - deydi mahalla gazchisi M.Abdullaev.
Bugun har ikkala mahalla iste’molchilaridan 1 mlrd so‘mdan ortiqroq debitor qarzdorlik shakllangan. Muhamadbobur Abdullaev esa kunlik topshiriqlardan tashqari kuniga 35-40 mln so‘m debitor qarzdorlikni so‘ndirmoqda. Topshiriqlar asosida hisoblagichlar sinxron qilinib, sim karta va quvvatlagichlar almashtirilmoqda.
“...”Anijon” MFY Egamberdiev ko‘chasi 1-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro I.Karimovning 10 mln so‘m qarzdorligi bor edi, - deydi M.Abdullaev. – Iste’molchi bilan to‘g‘ri suhbatlashish, tushuntirish va targ‘ibot evaziga mazkur qarzdorlik to‘iq undirildi..”
Mahalla gazchisi bo‘lgan qahramonimiz muammolarni bartaraf etish asnosida iste’molchilar bilan suhbatlashib, tabiiy gazdan to‘g‘ri foydalanish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish, zamonaviy energiya tejamkor gaz yondirgichlaridan foydalanish va boshqa zarur qoidalar bo‘yicha ogohlantirish berib kelmoqda.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati