Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Tadbirda ijtimoiy soha obyektlari xodimlari, mahalla raislari, boshqaruv servis kompaniyalari vakillari, yirik ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari, tadbirkorlar va 500 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etdilar. Ishtirokchilarga energiya resurslarini iqtisod qilish, alternativ energiya manbalarini o‘rnatishning afzalliklari va imtiyozlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Mutaxassislar energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish, quyosh panellari va boshqa muqobil energiya manbalarining xonadonlarga o‘rnatilishi borasida tushuntirish ishlari olib borishdi. Ushbu sa’y-harakatlar natijasida, 63 nafar fuqaroning xonadonlariga energiya tejamkor uskunalar o‘rnatildi. Shuningdek, 31 nafar iste’molchi bilan uylariga quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha shartnomalar tuzildi.
Mazkur tadbirlar natijasida aholida energiya tejash borasida tushunchalar oshib, yashil energiyaga o‘tishga qiziqish sezilarli darajada kuchaydi. O‘rganishlar va targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Hududgaz Namangan gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati