Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Uchqo‘rg‘on tumanida kichik va o‘rta biznes subyektlari o‘rtasida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Ayni paytda tumanda jami 104 ta kichik va o‘rta biznes iste’molchilari faoliyat yuritmoqda. Shundan 11 tasi budjet tashkilotlari bo‘lsa, 93 tasi kichik va o‘rta biznes subyektlaridan iborat.
Mazkur 93 ta iste’molchining 70 dan ortig‘i zamonaviy energotejamkor gaz uskunalarini o‘rnatib, amaliy samarasini ko‘rmoqda. Bu borada “Uchqo‘rg‘ontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislari tomonidan tadbirkorlarga muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Ular energiya tejamkor texnologiyalarning afzalliklari va undan xavfsiz foydalanish qoidalari yuzasidan tavsiyalar berib kelmoqda.
Xususan, tumandagi “Ideal non” MCHJ sexi bunga yorqin misol bo‘la oladi. Mazkur korxona zamonaviy energotejamkor gaz jihozlarini o‘rnatgach, qisqa vaqt ichida sezilarli natijalarga erishdi. Hozirda ushbu sex har oy qariyb 2,1 million so‘mlik 1200 kub metr tabiiy gazni iqtisod qilish imkonini bermoqda.
Uchqo‘rg‘on tumanida olib borilayotgan ushbu ishlar energiya samaradorligini oshirish orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati