Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Sirojiddin Saparbayev ishtirokida "Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali majlislar zalida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda filial rahbariyati va tegishli bo‘lim xodimlari, shuningdek, barcha tuman va shahargaz gaz taʼminoti bo‘limi boshliqlari va muhandislari qatnashishdi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda aholi va ulgurji isteʼmolchilar o‘rtasida debitor qarzdorlikni undirish choralarini ko‘rish, shuningdek, tafovutni kamaytirish, murojaatlarni tezkor va samarali o‘rganish hamda boshqa masalalar bo‘yicha sohada olib borilayotgan ishlar tahlil etildi. Ayrim tumanlarda debitor qarzdorlikni undirish, tabiiy gazdan noqononiy foydalanish holatlari bo‘yicha nazorat tadbirlarini o‘tkazishda sustkashlik qilinayotgani tanqid ostiga olindi.
Yig‘ilishda masʼullarga reyd tadbirlarini yana-da kuchaytirish, ishga nisbatan masʼuliyat hissini yana-da oshirish, samaradorlikka erishish zarurligi taʼkidlandi. Yakunda muhokama etilgan masalalar yuzasidan gaz taʼminoti bo‘limi masʼullariga muhim topshiriqlar berildi.
“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati