Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Yangi Namangan tumani “Furqat” MFY hududida joylashgan gaz taqsimlash punktida zamonaviy gaz hisoblagich o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Mazkur loyiha hududda tabiiy gaz iste’molini samarali boshqarish va nazorat qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan.
Ushbu hisoblagichni o‘rnatishdan asosiy maqsad — Namangan shahri hamda Yangi Namangan tumanida tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni aniq yuritish va jarayonlarni masofadan turib nazorat qilish imkoniyatini yaratishdan iborat. Bu esa tizimda shaffoflikni ta’minlash bilan birga, resurslardan oqilona foydalanishga xizmat qiladi.
Shuningdek, mazkur qurilmaning o‘rnatilishi gaz yo‘qotishlarini kamaytirish, noqonuniy ulanishlarning oldini olish hamda tizim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa, o‘z navbatida, gaz ta’minoti tizimining barqaror ishlashini ta’minlaydi.
Alohida ta’kidlash joizki, ushbu loyiha kuz-qish mavsumida aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini xavfsiz va uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Zamonaviy texnologiyalar asosida yo‘lga qo‘yilayotgan bunday tashabbuslar hudud infratuzilmasini rivojlantirish va aholining turmush farovonligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati