Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo'lgan hududlarni maishiy gaz balloni bilan ta'minlash maqsadida xodimlar tomonidan iste'molchilarga o'z vaqtida gaz ballonlari yetkazilmoqda. Ammo yangi iste'molchilarga-chi, degan savol tug'ilishi tabiiy. Ta'kidlash lozim, maishiy gaz balloniga ehtiyoji bo’lgan fuqarolarga ovqat tayyorlash xonasini belgilangan tartibda jihozlash va maishiy gaz ballon ajratilishi uchun tuman gaz ta’minoti bo’limiga tegishli hujjatlarning taqdim etilishi to'g'risida tushuntirish beriladi.
Tegishli hujjatlar ro’yxatiga quyidagilar kiritilgan: - Tuman gaz ta’minoti bo’limi boshlig’i nomiga ariza; - Pasport nusxasi; - Xonadonning kadastr hujjati nusxasi. (zarur holatda) Har bir maishiy gaz balloni iste’molchisi qo’yilgan talabga to’liq rioya qilishi lozim. Maishiy gaz balloniga ehtiyoji borlar esa o’z vaqtida taqdim etilgan hujjatlardan so’ng muntazam ravishda, belgilangan reja-grafik asosida gaz ballonlari bilan ta’minlanadi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati