Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali, “Jondortumangaz” gaz ta’minoti bo’limi va tuman Favqulodda vaziyatlar bo’limi bilan hamkorlikda aholi xonadonlarining mavsumga tayyorgarligi o‘rganildi, ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida tushuntirish-targ‘ibot tadbirlari olib borildi.
Tumanning “Demun” mahallasida istiqomat qiluvchi aholi xonadonlarida bo’lgan xodimlar isitish moslamalaridan foydalanganda xavfsizlikka rioya etish lozimligi, dudbo’ronlarning tozaligiga e’tibor qaratish, gaz jihozlarini qarovsiz qoldirmaslik zarurligini ta’kidlab o’tishdi. Xavfsizlik qoidalariga rioya qilmagan holda nostandart isitish pechi va rezina shlanglardan foydalanib kelayotgan iste’molchilar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qaroriga asosan tabiiy gaz tarmog’idan ajratib qo’yildi.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali tasarrufidagi shahar va tuman gaz ta'minoti bo‘limlari tomonidan tabiiy, suyultirilgan gaz iste’molchilarini is gazidan zaharlanish hamda gaz-havo aralashmasi chaqnashi oqibatida sodir bo‘ladigan holatlarning oldini olish maqsadida 319 752 ta hovli joylar va 13 892 ta ko‘p qavatli aholi xonadonlari, 58 ta umumta’lim maktablari, 115 ta maktabgacha ta’lim maskanlari, 43 ta davolash muassasalari, 10 ta savdo markazlarida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Targ’ibotlar davomida aniqlangan 431 ta kamchilik o’z vaqtida bartaraf etildi. Tadbir boshidan buyon aholi xavfsizligini yanada kuchaytirish maqsadida 182 000 dona eslatmalar xonadonlar, idora va tashkilotlarga tarqatildi.
Jarayonlar davom etmoqda.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati