Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugungi kunda “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining iste'molchilarga tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish sohasida ta'minotning uzluksizligini ta'minlash eng asosiy vazifasi bo‘lsa-da, iste'molchilarning xavfsizligi borasida ham bir talay ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Filialning “Marhamattumangaz” gaz ta'minoti bo‘limi xodimlari ham aholi xonadonlariga tashrif buyurib, uy ichi gaz jihozlarini tekshirish, texnik ko‘rikdan o‘tkazish va ulardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha aholiga kerakli tavsiyalarni berib kelmoqda.
Marhamat tumanida 47 387 ta uy ichi gaz jihozlari xatlovdan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 27 674 ta tabiiy gaz iste'molchilarining gaz jihozlari bo‘lsa, 19 713 donasi suyultirilgan gaz iste'molchilarining gaz plitalari hisoblanadi. Mavjud jihozlarning 27 863 ta 2 komforkalik, 3 516 tasi 3 hamda 8 6959 tasi 4 komforkalik gaz plitalaridir. 2 783 ta hammomlardagi jihozlar va 5 014 ta boshqa turdagi gaz jihozlaridan marhamatliklar foydalanib kelmoqdalar.
“Agar xonadonlardagi har bir gaz jihozlari texnik jihatdan soz bo‘lsa, tabiiy gazdan foydalanishda ham isrofgarchilikni oldini olinadi, - deydi “Marhamattumangaz” gaz ta'minoti bo‘limining uy ichi gaz jihozlariga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Inomjon Xoldorov. – Har bir xonadonga kirilganda mo‘rikonlarni sozligi, jihozlarni to‘g‘ri o‘rnatilganligiga e'tibor berilmoqda. Iste'molchilarga jihozlarning soz bo‘lishi naqadar muhimligi tushuntirilyapti. Shu kunga qadar 10 mingga yaqin gaz jihozlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi. Texnik ko‘rik jarayonlarida iste'molchilarga standart yong‘ichlardan foydalanish bo‘yicha ham targ‘ibot ishlari olib borilmoqda....”
Uy ichi gaz jihozlarini yilda bir marotaba texnik ko‘rikdan o‘tkazish orqali aholi xavfsizligini ta'minlashga hissa qo‘shilmoqda. Tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari yo‘nalish chilangarlariga biriktirilgan. Bugungi kunda texnik ko‘rik bilan bir qatorda energiyatejamkor gaz jihozlarini o‘rnatish bo‘yicha ham targ‘ibot ishlarini olib borilmoqda.
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati