Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
NAVOIYDA 110 442 TA "AQLLI" HISOBLAGICH O‘RNATILDI
Navoiy viloyatida tabiiy gaz iste’molchilari soni 166 mingdan oshdi. Shundan 58 277 tasi ko‘p qavatli uylarda, 107 926 tasi hovli turar-joylarda istiqomat qiladi.
Ayni vaqtgacha 110 442 ta iste’molchiga "aqlli" hisoblagich o‘rnatib bo‘lindi. Raqamlarni shahar va tumanlar misolida keltiramiz:
Karmana tumanida 31 036 ta; Qiziltepa tumanida 19 868 ta; Navoiy shahrida 18 184 ta; Xatirchi tumanida 13 125 ta; Navbahor tumanida 10 006 ta; Nurota tumanida 7225 ta; Zarafshon shahrida 5290 ta; Konimex tumanida 4220 ta; G‘ozg‘on shahrida 1030 ta; Uchquduq tumanida 458 ta.
Ma’lumki, "aqlli" hisoblagichdan foydalanayotgan iste’molchilarda qarz evaziga tabiiy gazni iste’mol qilish imkoni yo‘q. Qarzdorlik mavjud bo‘lganda, iste’molchi maxsus SMS orqali ogohlantirilib, belgilangan muddatda to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda gaz ta’minoti avtomatik ravishda to‘xtamoqda. Shu bois, zamonaviy gaz hisobdonlari o‘rnatilishi natijasida aholi iste’molchilarining debitor qarzdorligi 50 foizga kamaygan.
Ya’ni, 2021-yilning birinchi choragida viloyat aholisida tabiiy gazdan 12 milliard 130 million so‘m qarzdorlik mavjud bo‘lsa, joriy yilning ayni vaqtida bu ko‘rsatkich 6 milliard so‘mdan ortiqni tashkil etmoqda. Yuqori qarzdorlik tabiiy gaz iste’molchilari soni nisbatan ko‘p bo‘lgan Navoiy shahri, Karmana, Qiziltepa va Xatirchi tumanlari hisobiga to‘g‘ri keladi.
"Hududgaz Navoiy" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati