Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Boysun tumanidagi suyultirilgan gaz ta’minotidan foydalanayotgan iste’molchilarga suyultirilgan gaz yetkazib berishda tuman gaz filialida oltita "ISUZU" hamda olis tog‘li hududlar uchun mo‘ljallangan bitta yo‘l tanlamas "KAMAZ" rusumli avtoulovlar mavjud bo‘lib, iste’molchilarning suyultirilgan gaz to‘ldirilgan maishiy gaz ballonlarini sifatli va uzluksiz yetkazib berish uchun xizmat qilmoqda.
Tumandagi 39 ta mahallalardagi 20317 ta xonadonlarga tasdiqlangan reja-grafik bo‘yicha suyultirilgan gaz mahsuloti yetkazib berilmoqda. O‘tgan 2020 yil yanvar-dekabr oylarida tuman aholisiga 3015.963 tonna suyultirilgan gaz ajratilgan bo‘lib shundan, 2969.380 tonna suyultirilgan gaz aholiga yetkazib berildi.
2021 yil yanvar oyida 277.210 tonna suyultirilgan gaz ajratilgan bo‘lib, yanvar oyi yakuni bo‘yicha 239.980 tonna suyultirilgan gaz mahsuloti yetkazib berilgan. Aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish davriyligi o‘rtacha 35-37 kun bo‘lib, 15 fevral kuni holatiga ko‘ra, iste’molchilarga yetkazib berilgan “zangori olov” miqdori 144.780 tonnani tashkil etadi.
“Hududgazta’minot” AJ tomonidan respublika bo‘ylab suyultirilgan gazning hisob-kitobini yuritishda avtomatlashtirilgan tizim joriy etilmoqda. Bu iste’molchi va ta’minotchi uchun har tomonlama qulaydir. Ayni kunlarda Boysun tumanida mazkur jarayon shiddat bilan davom etmokda. Bugungi kungacha tumanda iste’mol uchun maishiy gaz ballonlarning 13313 tasiga maxsus shtrix kodli stikerlar o‘rnatildi.
Hozirgi kunda Boysun tumanidagi xonadonlarga “Boysuntumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 18950 ta maishiy gaz ballonlari vaqtincha foydalanish uchun ijaraga berilgan, bundan tashqari aholining o‘z hisobidan 1367 ta qo‘shimcha maishiy gaz ballonlari mavjud.
"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati