Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Surxondaryo viloyat hokimligining 2023-yil 15-avgustdagi “2023-2024-yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, betalofot o‘tkazish, energetika hamda gaz tizimini barqaror ishlashini ta’minlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga gaz resurslarini yetkazib berishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlaning oldini olish bo‘yicha” topshiriqlar berilgan edi. Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida, “Hududgaz Surxandaryo” gaz ta’minoti filialiga qarashli “Hayrabod Denov” gaz to‘ldirish stansiyasida va “Denovtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limida 2023-yil 16-avgust kuni qo‘mondonlik shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Unda dastlab kommunal sohada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyalar bilan bog‘liq vaziyatlarning oldini olish va tayyorgarlikni kuchaytirish bo‘yicha to‘xtalib o‘tildi. Mas’ul tashkilot rahbarlari tomonidan esa tizimda qilinayotgan amaliy ishlar haqida ma’lumot berildi.
O‘quv mashg‘ulotlari bevosita joylarda, ko‘rgazmali shaklda ham tashkil etilib, tizim xodimlarining bilim va faollik darajasi oshirildi. Jumladan, “Hayrabod-Denov” gaz to‘ldirish inshooti misolida oladigan bo‘lsak, ob’yektda o‘t o‘chirish, texnogen holatlarning o‘z vaqtida bartaraf etilishi yuzasidan hamkor tashkilotlar bilan birga favqulodda holatlarning oldini olish jarayonlari ko‘rsatib o‘tildi. Mashg‘ulotlar 3 bosqichda amalga oshirildi. Dastlab maishiy gaz ballon to‘ldirish jarayonida bir nafar xodimning gazdan zaharlanish holatlari va birinchi yordam xizmati ko‘rsatib o‘tildi. Shunday vaziyatda qutqaruv yordam guruhi bo‘limi tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgach, aloqa bo‘limi tomonidan esa “Tez tibbiy yordam”ga xabar beriladi. Mas’ul xodim tomonidan suyultirilgan gaz syexiga gaz yetkazib berish ishi to‘xtatilib, “Tez tibbiy yordam” tomonidan ko‘rsatilgan xizmatdan so‘ng esa kasalxonaga olib boriladi. Mashg‘ulot davomida yuqorida keltirilgan barcha harakatlar xodimlar, hamkor tashkilotlar tomonidan ochiqlandi. Ikkinchi bosqichida sodir bo‘lgan yong‘inni boshqa ob’yektlarga o‘tishi va ko‘lami kengayib ketmasligini oldini olish bo‘yicha birinchi navbatda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar kompleksi amaliy jarayonlar orqali ko‘rsatib berildi shundan so‘ng uchinchiinchi bosqichida hududiy davlat quyi tizimi bilan hamkorlikda favqulodjda vaziyatni bartaraf etish va jabrlangan xodimlarni sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa o‘chog‘idan olib chiqishga ko‘maklashish va sodir bo‘lgan avariyani zudlik bilan bartaraf etish va ob’yektni barqaror ish faoliyatini tiklash ishlari amalda ko‘rsatib berildi. Xususan, agar shunday holat kuzatilsa aloqa xizmati tomonidan tuman Favqulotdda vaziyatlar bo‘limi va Yong‘in xavfsizlik xizmatiga bildiriladi, Yong‘in o‘chirish guruhi kelguniga esa qadar maxsus uskuna orqali hovuzdagi zaxira suvdan foydalaniladi hamda avtosisternadagi suyultirilgan gaz bosimi me’yorlashtiriladi. Tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Yong‘in qutqaruv guruhlari kelgach suyultirilgan gaz bosimi batamom me’yor darajasiga keltiriladi. O‘quv mashqi jarayonida barcha xatti-harakatlar tezkorlik bilan olib borildi.
“O‘quv mashg‘uloti davomida maxsus texnika va qutqaruv asbob–uskunalarini jalb qilgan holda o‘quv nuqtalarida nazariy va amaliy tadbirlarda harakat qilish orqali ko‘nikmalarni mustahkamlash, inshoot rahbariyatini hududiy qutqaruv tuzilmalariga xabar berish uzviyligini takomillashtirish, kelib chiqqan yong‘in o‘choqlari keng tarqalib ketmasligi uchun hududlarni o‘rab olish va qutqaruv ishlarini tashkillashtirish bo‘yicha amaliy harakatlar olib borildi.
Qo‘mondonlik shtab o‘quv mashg‘ulotida va maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari 2021-2022 yillarda 49 marotaba o‘tkazildi. Ushbu mashg‘ulotlarda gaz ta’minoti xodimlari o‘zlariga yetarlicha bilim va ko‘nikmalar olishmoqda- diydi “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali direktor o‘rinbosari Z.Shodiyev”
Navbatdagi holat esa joylarda gaz ta’minotida avariya yuzaga kelganda ularni o‘z vaqtida bartaraf etish, iste’molchilarni yoqilg‘i resurlari bilan barqaror ta’minlash uchun markaziy omborxonada mavjud gaz ballonlari bilan ta’minlash bo‘ldi. Mashg‘ulot Denov tumani misolida gaz ta’minoti filiali va “Denovtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan ko‘rsatildi. Ya’ni, agar mavsumda avariya holati yuzaga kelsa gaz taqsimlash qurilmasidan tabiiy gazni yetkazib berish zudlik bilan to‘xtatiladi va aholiga mavjud zaxiradagi gaz ballonlari yetkazib beriladi. Xodimlar tomonidan esa avariya holatlarining oldini olinishiga e’tibor qaratiladi. Mashg‘ulotda yuqorida keltirilgan barcha jarayonlar qisqa vaqt davomida amalga oshirildi. Ta’kidlash lozim, tadbirda ta’minot xodimlari, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Yong‘in xavfsizlik xizmati, xodimlari ham jalb etildi.
Shundan so‘ng tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tumandagi “O‘rta qishloq” mahalla aholisiga hamkor tashkilotlar bilan birgalikda suyultirilgan gaz ballonlar tarqatib “Buyuk kelajak" mahallasida qurilayotgan 16 qavatli uy-joylardagi aholi xonadonlariga kirib gaz jixozlaridan to‘g‘ri foydaganish bo‘yicha targ‘ibotlar olib borishdi.
“Tuman markazidan ancha uzoq masafada turamiz. Masofa uzoq bo‘lsada gaz ballonlar o‘z vaqtida xonadonimizga olib kelib o‘rnatib berishadi. Oilamizda birinchi guruh nogiron farzantim bor, gaz xodimlari gaz ballondan qanday qilib foydalanish kerakligini doimiy tushuntirib o‘tishadi. Yozda qanday foydalanish kerak va qanday joyda turish kerak, qishning qirovli vaqtlarida ham bizga o‘z vaqtida uziliksiz yetkazib kelishmoqda-diydi “O‘rta qishloq” mahalla fuqarosi.
Ko‘rgazmali shaklda tashkil etilgan bu kabi tadbirdan ko‘zlangan maqsad favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xodimlarning tayyorgarligini oshirish, ko‘nikmalarini shakllantirish ekan, bu bo‘yicha barcha ko‘rsatma hamda yo‘riqnomalar berib o‘tildi.
"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati