Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Qish mavsumi yaqin. Har bir xonadon unga tayyor va xavfsiz kirib borishi kerak. Shu maqsadda joylarda hamkor tashkilotlar bilan birga targ‘ibotlar, tushuntirishlar va texnik-profilaktik ko‘riklar o‘tkazilmoqda.
“Buxoroshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlarining navbatdagi manzili Kogon tumanining “Istiqbol” mahallasida bo‘ldi.
Mahallabay olib borilayotgan targ‘ibotlar davomida ba’zi iste’molchilarning hali hamon kuz-qish mavsumiga tayyor emasligi, dudburonlarning nosozligi, nostandart gaz jihozlaridan foydalanib kelayotganligini ko‘rish mumkin.
Tushuntirishlar davomida bu kabi holatlar turli baxtsiz hodisalarning sababi bo‘lishi ta’kidlandi. Shu bilan birga dudburonlarning to‘g‘ri o‘rnatish, gaz jihozlarining texnik holatiga e’tibor qaratish, talabga javob beradigan isitish moslamalaridan foydalanish, energotejamkor gaz yondirgichlarni o‘rnatish to‘g‘risida ham ma’lumot berildi.
Xavfsizlikni ta’minlash tizim xodimlari bilan birga har bir iste’molchining ham asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Jarayonlar viloyatning boshqa hududlarida ham davom etmoqda.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati