Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Sirdaryo viloyatida jami 11 ta issiqxona mavjud boʻlib, bugungi kunda ushbu tadbirkorlik subyektlari “Hududgaz Sirdaryo” gaz taʼminoti filiali bilan shartnoma imzolagan. Barcha issiqxonalar bosqichma-bosqich avtomatlashtirilgan gaz hisoblash uskunasidan foydalanish tizimiga oʻtkazilmoqda.
Bu bilan nimaga erishiladi?
Shu vaqtga qadar, isteʼmol qilingan gaz resurslarining aniq hisob-kitobi yuritilib, debitorlik masalalari kuzatilmaydi. Isteʼmolchi gaz taʼminotiga toʻlovni oldindan amalga oshirib, ortiqcha gaz yoʻqotishni oldini oladi. Bu esa tadbirkorning uzluksiz tabiiy gazdan foydalanishi va taʼminotchi korxonaning inson omilisiz tabiiy gaz yetkazib berishida aniq hisob-kitobga ega boʻlishiga imkon yaratadi.
Yangiyer shahardagi “Eco Grand Fruits” MChJga qarashli boʻlgan issiqxona har oyda 500 ming kub metr gaz isteʼmol qiladi. Tadbirkor bugungi kunda gazni iqtisod qilish uchun zamonaviy isitish qozonxonalari va tejamkor gaz yondirgichlardan, shu bilan birga avtomatlashtirilgan gaz hisoblash uskunalaridan foydalanishni boshlagan.
– Toʻgʻrisi, oʻtgan yillar gazdan foydalanishda qarzdorligimiz ortib ketardi. Mutaxassislar mana shu tejamkor gaz yondirgichdan foydalansak yaxshi boʻlishini aytgandi, oʻrnatdik natijasini koʻrdik. Toʻlovni oʻz vaqtida qilamiz, qarzga kirmaydi, eng asosiysi gazimiz oʻtgan yilgiga nisbatan 30-40 foizga iqtisod boʻlgan, tadbirkorga tejamkorlik yaxshida, — deydi Karamatulloh Boboyev.
Tabiiy gazdan toʻgʻri va oqilona foydalanish bugun tadbirkorlarimizga mana shunday qulayliklarni keltirmoqda.
“Hududgaz Sirdaryo” gaz taʼminoti filiali matbuot kotibi