Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “Hududgaztaʼminot” AJ hamkorligida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminardan ko‘zlangan maqsad sohadagi mutaxassislarni sunʼiy intellekt dasturlaridan foydalanish ko‘nikmalari bilan tanishtirish, ularning bu boradagi bilim va malakasini oshirish, shuningdek, sunʼiy intellekt texnologiyalarini amaliy faoliyatda to‘g‘ri va maqsadli joriy etishga ko‘maklashishdan iborat.
Seminarda “Hududgaztaʼminot” AJning ijro apparati va hududiy gaz taʼminoti filiallarining tegishli mutaxassislari ishtirok etdi. Ularga zamonaviy raqamli yechimlar, axborot tizimlari hamda sunʼiy intellekt imkoniyatlari haqida nazariy va amaliy maʼlumotlar taqdim etildi.