Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi 173-sonli “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, 2026-yilda mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini umummilliy ro‘yxatga olish ishlari amalga oshiriladi.
Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 629-sonli qarori qabul qilinib, unga ko‘ra 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar respublika bo‘ylab ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilishi belgilangan.
Ushbu jarayon orqali mamlakatning real demografik va iqtisodiy holati aniqlanib, kelgusidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini shakllantirishda muhim ma’lumotlar bazasi yaratiladi.
Shu maqsadda viloyat statistika boshqarmasi xodimlari “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filialida bo‘lib, ishchi-xodimlarga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonining mazmun-mohiyati, ahamiyati hamda o‘tkazish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berishdi.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.