Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Mingbuloq tumanida qish mavsumini betalofat o‘tkazish, aholining xavfsizligini ta’minlash maqsadida seminar tashkil etildi. Unda tabiiy gaz va elektr energiyasidan to‘g‘ri hamda tejamkorlik bilan foydalanish, ichimlik suvini isrof qilmaslik masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Seminar davomida mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan sovuq mavsumda energiya resurslaridan oqilona foydalanishning ahamiyati, mavjud tizimlarning barqaror ishlashini ta’minlash, avariyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha tushunchalar berildi.
Mazkur tadbirda “Mingbuloqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari ham faol ishtirok etdi. Ular tabiiy gazdan xavfsiz foydalanish qoidalari, gaz jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berishdi. Shuningdek, tabiiy gaz sarfini kamaytirishga xizmat qiluvchi zamonaviy va energiya tejamkor jihozlar haqida to'xtalib, ularning texnik imkoniyati, afzalligi hamda kundalik hayotda to‘g‘ri foydalanish usullari haqida batafsil ma'lumot berildi.
Bunday tadbirlar mavsumini barqaror o‘tkazish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish hamda aholi xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati