Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali mehnatni muhofaza qilish, ekologiya va sanoat xavfsizligi bo‘limi tomonidan hududlarda tabiiy gazdan foydalanish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘in va is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda xodimlarning harakatlanish ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida o‘quv-taktik mashg‘ulot o‘tkazildi. Mazkur o‘quv-taktik mashg‘ulot doirasida navbatdagi tadbir Samarqand shahridagi “Qorasuv” massivida tashkil etildi. Unda filialning mehnatni muhofaza qilish, ekologiya va sanoat xavfsizligi bo‘limi hamda sohaviy xizmat xodimlari ishtirok etib, ko‘p qavatli uy-joylarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli holatlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulot jarayonida tabiiy gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish, gaz jihozlarining sozligini ta’minlash, mo‘ri va ventilyatsiya tizimlarini tekshirish, is gazi bilan bog‘liq xavfli holatlarning oldini olish hamda yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda ko‘rilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan tushuntirish va ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, xodimlar tomonidan aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilib, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. O‘quv-taktik mashg‘ulot yakunida aniqlangan kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar belgilandi. O‘tkazilayotgan o‘quv-taktik mashg‘ulotlari aholi va xodimlarning xavfsizligini ta’minlash, baxtsiz hodisalar va favqulodda vaziyatlarning oldini olishda muhim o‘rin tutadi.