Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filialida gaz ta’minoti filiali, viloyat hokimligi va viloyat prokuraturasi hamkorligida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-maydagi “Energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 300-sonli qarori ijrosi bo‘yicha ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. Tadbirdan asosiy maqsad nostandart isitish moslamalaridan voz kechib, energiya tejovchi uskunalarni o’rnatgan holda energiya resurslarini iqtisod qilish, ulardan to’g’ri foydalanish bo’lib, bu bo’yicha viloyatda olib borilayotgan amaliy ishlar haqida fikr yuritildi.
Shuningdek, “Saf Boiler”, “Akfa Build” ishlab chiqarish korxonalari vakillari o'zlarining energiya tejovchi uskunalari haqida taqdimotlar qilishdi. Ushbu qurilmalarning qulayliklari, qanday o’rnatish, qancha tejash xususiyatiga ega ekanligi borasida batafsil ma’lumotlarni berib o’tishdi. “Soar gaz” gaz jihozlariga xizmat ko’rsatish tashkiloti boshqaruvchilari tomonidan esa xavfsizlikni ta’minlash hamda xizmat ko’rsatish sifati haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda yig’ilganlar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi. Ko’rgazmali seminar fikr-mulohazalarga boy bo’ldi.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati