Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Uychi tumanida energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, elektr hamda tabiiy gazni iqtisod qilish madaniyatini oshirish maqsadida ko‘rgazmali o'quv-seminar tashkil etildi. Mazkur tadbirda tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi, "Uychitumangaz" gaz ta'minoti bo'limi, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda tegishli tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 14-iyunda qabul qilingan "Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 222-sonli qarorining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Ushbu hujjatda belgilangan vazifalar, xususan, energiya resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish, yo‘qotishlarni kamaytirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
Shuningdek, gazchi mutaxassislar tomonidan tabiiy gaz sarfini kamaytirishga xizmat qiluvchi zamonaviy va energiya tejamkor jihozlar namoyish etildi. Ularning texnik imkoniyati, afzalligi hamda kundalik hayotda to‘g‘ri foydalanish usullari haqida batafsil tushunchalar berildi.
Ta’kidlash joizki, bunday ko‘rgazmali o‘quv-seminarlar aholi o‘rtasida energiya tejamkorligi madaniyatini shakllantirish, resurslardan samarali foydalanishni targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur yo‘nalishdagi targ‘ibot va tushuntirish ishlari viloyatimiz bo'ylab izchil davom ettirilmoqda.
"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati